O’quv qo’llanma. — Toshkent : Noshir nashriyoti, 2019. — 288-b. — ISBN 978-9943-5485-9-6.
Tarix fanining yuzaga kelishida «Yordamchi tarixiy fanlar»ning o‘rni beqiyos darajada muhim. «Yordamchi tarixiy fanlar» deganda, paleografiya, epigrafika, numizmatika,
tarixiy toponimika, sfragistika, geraldika, tarixiy toponimika, tarixiy atamashunoslik kabi bir qator ilmiy yo‘nalishlar tushuniladi. Bu sohalarning beradigan ma’lumotlari tarix tadqiqotlarining asosiy material zamini hisoblanadi. Bugungi kunda «Yordamchi tarix fanlari» ko‘lami kengayib, kodikologiya, berestologiya, bonistika, faleristika, veksillologiya, emblematika, filokartiya, filumeniya, uniformologiya, arxontologiya, nekropolistika, stavrografiya, medalerika, kliometrika, prosopografiya, psixoistoriya, tarixiy imformatika kabi fan tarmoqlari tarix fanining sohasi sifatida Yevropa mamlakatlari oliy ta’lim tizimida mutaxassis tayyorlash jarayonida o‘qitilmoqda. Ushbu tajribadan kelib chiqib tayyorlangan o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy-gumanitar, xususan tarix yo‘nalishlari bakalavriatura bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan.