Зарегистрироваться
Восстановить пароль
FAQ по входу

Hayyom Umar. Ruboiylar. Turmush tasbehi

  • Файл формата zip
  • размером 151,39 МБ
  • содержит документы форматов audio image
  • Добавлен пользователем
  • Описание отредактировано
Hayyom Umar. Ruboiylar. Turmush tasbehi
Suxandon O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Behzod Muhammadkarimov. — Steel Pantera. — 320 kpbs. — Eshitilish vaqti 01:59:57.
Rejissor Yelena Burova.
Umar Hayyomga uning ruboiylari jahonshumul shuhrat keltirgan. Ularda shoir dunyo, odam haqida, hayot mazmuni haqida fikr yuritadi. Ruboiylarida u materiyaning bir holatdan ikkinchi holatga oʻtishi, eskining yemirilib, yangining paydo boʻlishini (kulol, koʻza, tuproq haqidagi ruboiylar va h.k.) ifodalaydi. Umuman, ishq va hayot, inson tafakkurining qudrati, umrning maʼnosi, insoniy fazilat va qusurlar, maʼrifat va jaholat kabi mavzular shoir ruboiylarining asosini tashkil etadi. Tez-tez uchrab turadigan may obrazi esa ilohiy muhabbat, hayot lazzatlarini ulugʻlash vositasidir. Firdavsiy masnaviyni, Hofiz gʻazalni qanchalik takomilga yetkazgan boʻlsalar, Hayyom ham ruboiyni shunchalik yuksak mavqega koʻtardi. Xayyom ruboiylari dunyoning deyarli barcha asosiy tillariga tarjima qilingan. Bu ruboiylar oʻzidan keyingi Sharq adabiyotiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. XIX asrdan Gʻarbda ham mashhur boʻlgan. Aynan u tufayli ruboiy jahon soʻz sanʼatining mashhur janrlaridan biriga aylangan. U oʻzining falsafiy jihatdan teran va sermazmun ruboiylari bilan Sharq sheʼriyatida falsafiylikning chuqurlashuviga katta hissa qoʻshgan.
  • Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь и/или войдите на сайт используя форму сверху.
  • Регистрация